Chet Til O’qitish Metodikasida Zamonaviy Metodlar

dc.creatorMamazokirova Hurriyatxon
dc.date2023-11-29
dc.date.accessioned2024-10-12T12:14:29Z
dc.date.available2024-10-12T12:14:29Z
dc.descriptionHozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yoʼnalish innovatsion pedagogikani keltirib chiqardi. Innovatsion – inglizcha “yangilikni kiritish (tarqatish)” maʼnolarini anglatadi. Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti Amerika tadqiqotchisi E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka boʼlgan munosabati va boshqalarni oʻrgangan. Ilmiy yoʻnalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari oʻzaro farqalanadi. “Yangilik”- bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya ma‟nosini anglatadi. “Innovatsiya”- bu taʼlim, maʼlum bosqichlari boʼyicha rivojlanadigan jarayon hisoblanadi. Jahon ilm-fan taraqqiyoti kundan kunga gurkirab, rivojlananib bormoqda. Aynan bu ijobiy rivojlanish bizning diyorimizga ham oʼz taʼsirini oʻtkazdi. Ilm dunyomizga ilgʼor innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Buning ijrosi sifatida, Yurtboshimiz tomonidan joriy yilni “Yoshlarni qo‟llab-quvvatlash va aholi salomatligi yili” deb nomlashi ham mamlakatimiz yoshlarinining maʼsuliyatini yanada oshirdi. Taʼlim sohalariga ilgʼor, zamonaviy innovatsion texnologiyalarning keng tatbiq etilishi ham chet til oʼrganayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar,marralar eshigini ochdi, desak xato boʼlmaydi. Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G‟arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari oʻqitilib kelinmoqda. Bu tillar taʼlim muassalarining oʼquv rejalaridan oʻrin olgan. Uchala tilni oʼqitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sunʼiy muhitda oʼrganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan,darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni oʼrganish va oʻrgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, oʼz navbatida, tegishli chet til oʼqitish texnologiyasini qoʼllashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta oʼzlashtirish orqali oʼquvchi-talabaning toʼplagan til tajribasi meʼyorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali oʼrgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni oʼrganish va oʼrgatish koʼp jihatdan chet til oʼqitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qoʼllanilishiga bogʼliqdir.en-US
dc.formatapplication/pdf
dc.identifierhttps://journals.proindex.uz/index.php/jiesr/article/view/224
dc.identifier.urihttps://dspace.umsida.ac.id/handle/123456789/36774
dc.languageeng
dc.publisherProIndex Publishing Houseen-US
dc.relationhttps://journals.proindex.uz/index.php/jiesr/article/view/224/183
dc.sourceJournal of Innovation in Education and Social Research; Vol. 1 No. 3 (2023): Journal of Innovation in Educational and Social Research; 168-170en-US
dc.source2992-894X
dc.titleChet Til O’qitish Metodikasida Zamonaviy Metodlaren-US
dc.typeinfo:eu-repo/semantics/article
dc.typeinfo:eu-repo/semantics/publishedVersion
dc.typePeer-reviewed Articleen-US
Files