Jismoniy Tarbiya Fanining Oʻqitilishida Raqamli Texnologiyaning Ahamiyati
No Thumbnail Available
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch.
Abstract
Description
Ushbu maqoladan koʻzlangan maqsad shundaki, boshlangʻich sinf oʻquvchilarida jismoniy tarbiya fanini oʻqitilishida raqamli texnologiyaning ahamiyatini oʻrganishdan iborat. Maqolada boshlangʻich sinflarning jismoniy tarbiya darsida taʻlim dasturi, yangicha metodika, oʻqituvchi-shogird an’anasi, raqamli texnologiyaning fandagi oʻrni kabi tushuncha va farazlar koʻrib chiqiladi. Boshlangʻich sinflarda jismoniy tarbiya fanida raqamli texnologiyaning TPACK, TPK, video oʻyinlar va slaydlar kabi usullari bolalar kompetensiyasini, innovatsion bilim-koʻnikmalarini oshirish uchun xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya fanida boshlangʻich sinflarning oʻquv mashgʻulotlarida raqamli texnologiyadan foydalanish natijasida sinf muhitida raqamli texnologiyadan foydalanish oʻqitish va oʻrganish uchun koʻplab afzalliklarni beradi, masalan, oʻqitish jarayonida raqamli texnologiyaning joriy etilishi tufayli oʻquvchilarning motivatsiyasi va sinf ishlariga jalb qilinishiga ragʻbatlantiruvchi ta’sir koʻrsatadi. Raqamli texnologiyadan foydalanish orqali talabalar tengdoshlari bilan birgalikda hamkorligini yaratadi va muloqot qobiliyatlarini oshiradi hamda oʻquvchilar izlanishlari, oʻrganishlari va oʻzlarini ragʻbatlantirishlari uchun imkoniyatlar yaratadi va dars sifati yaxshilanadi, yangi texnologiyalardan xabardor boʻlishadi, oʻqish mobaynida zamonaviy usullardan foydalanishadi va dars jarayonida oʻquvchilarning jismoniy tarbiya faniga oid kompetensiyasi rivojlanadi. Darslarni oʻtkazishda oʻquvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligini hisobga olib, mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga jismoniy tarbiya darslari qatʼiy kun tartibi boʻyicha xaftada 2 marotaba 45 daqiqadan tashkil etiladi va oʻtkaziladi. Raqamli texnologiya qabul qilingan oʻqish va oʻqitish jarayonida tobora ommalashib bormoqda. Biroq, uning jismoniy tarbiyani oʻqitish va oʻrganishga taʻsiri haqida munozaralar davom etmoqda. Taʻlimda tobora koʻproq foydalanish bilan raqamli kompetensiyaga ega oʻqituvchilar uning integratsiyasi, muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytish joizki bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli taʻlim olishlari uchun imkoniyat yaratish, uning qobiliyat va isteʻdodini roʻyobga chiqarishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Shunday ekan, biz pedagoglar oʻquvchilarni qoʻldan kelgancha bilim saviyasini oshirish va rivojlantirishimiz kerak.
Keywords
raqamli texnologiya, kompetensiya, taʻlim dasturi, pedagogika, metodika, boshlangʻich sinf, oʻqituvchi-shogird anʻanasi va boshqalar